Urganch shahriga “Bunyod yoʻlovchi tashish” MCHJ tomonidan XXRda ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 dona “Zong tong” rusumli avtobuslari olib kelindi.
Transport vazirligining xabar berishicha, “Bunyod yoʻlovchi tashish” MCHJ tomonidan “Oʻzmilliybank” AJning imtiyozli kreditlari asosida jami 80 dona “Zong tong” rusumli avtobuslarni xarid qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan.
Hozirda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 50 dona avtobus xarid qilindi. Tez orada qolgan 20 dona avtobus Urganch shahriga yetib keladi, — deyiladi xabarda.