O'zbekistonda temir yo'l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va hududlar o'rtasidagi bog'liqlikni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakat iqtisodiyoti, logistika salohiyati va aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan yirik loyihalardan biri Samarqand – Urgut yangi temir yo'l yo'nalishidir. Mazkur temir yo'l nafaqat infratuzilmada, balki Urgut va butun Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida juda katta ahamiyatga ega.
2025 yil 25 noyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Samarqanddan Urgutga yangi temir yo'l orqali birinchi safarni amalga oshirdi. Davlat rahbari loyiha bilan bevosita tanishib, qurilish ishlarining sifatini, vokzal infratuzilmasi va yo'lovchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirdi. Prezident Urgut “erkin iqtisodiy zonasi”ning logistika ehtiyojlari, tadbirkorlar va aholi uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'layotganini alohida qayd etib, yo'lning strategik ahamiyatini ta'kidladi. SHuningdek, turistlar uchun qulayliklarni oshirish, vokzal atrofidagi xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berdi.
SHuningdek, 27 noyabr` kuni “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tashabbusi bilan mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun maxsus press-tur tashkil etildi. Press-tur doirasida jurnalistlar:
• yangitdan qurilgan Samarqand – Urgut temir yo'lining barcha texnikaviy ob'ektlari,
• “Jartepa” va “Urgut” vokzallari,
• yuk ortish-tushirish maydonlari,
• kesishmalardagi xavfsizlik tizimlari,
• elektr va aloqa infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar jurnalistlarga qurilish jarayoni, texnik parametrlar, kelgusi rejalar va yo'nalishning iqtisodiy ahamiyati haqida batafsil ma'lumot oldilar. Press-tur ishtirokchilari yangi yo'nalish bo'ylab harakatlanayotgan yo'lovchi poezdida safar qilib, yaratilgan qulayliklarni o'z ko'zlari bilan ko'rdilar.
Urgut 600 mingga yaqin aholi yashaydigan, viloyatning yirik iqtisodiy markazlaridan biri. Mazkur hududni Samarqand va boshqa shaharlar bilan yanada samarali bog'lash maqsadida 55,4 kilometrlik yangi temir yo'l qurildi.
Loyiha doirasida:
• 2 ta vokzal (Jartepa va Urgut),
• 2 ta ko'prik,
• 110 ta sun'iy inshoot,
• 3 ta qo'riqlanadigan va 10 ta qo'riqlanmaydigan kesishma,
• 58,3 km rel`s yotqizish,
• 58,3 km optik tolali aloqa liniyasi,
• 1,8 mln kub metr tuproq ishi amalga oshirildi.
Mutaxassislar ham ushbu press-turga jalb etilib, ulardan OAV xodimlari batafsil ma'lumotlar olishdi.
Urgutga yangi temir yo'lning kirib kelishi tuman iqtisodiyoti, aholi qatnovi va tadbirkorlik saloxiyatida yangi bosqichni boshladi. Mazkur loyiha aholi intizorlik bilan kutgan va tadbirkorlarning esa orzusi edi. Ushbu yangi yo'nalish faoliyati, uning iqtisodiy ahamiyati va kelgusi rejalar haqida Urgut tumani hokimi OAV xodimlariga o'z fikrlarini bildirdi.
– Fuqarolarimiz bilan uchrashuvlardagi mulohazalar shundan dalolat beradiki, yurtimizning ayrim tumanlarida qatnovlarning vaqtincha to'xtashi aholiga ma'lum noqulayliklar keltirgan. Lekin Urgut – Samarqand temir yo'lida bunday holat bo'lmaydi. CHunki bu yo'nalishga talab katta, aholi va xususiy sektor uchun eng zarur transport turiga aylandi. Kelgusida ham yo'lovchilar oqimi ortib boradi, deb ishonamiz. Temir yo'l ishga tushishi bilanoq uning natijasi ko'rina boshladi. Masalan, sanoat sohasidagi tadbirkorlarimiz Jartepa vokzali hududida birinchi yuklarni qabul qilishni boshladilar. Ayniqsa, ko'mirni qulay va arzon etkazib berish jarayoni yo'lga qo'yildi. Bu temir yo'lining iqtisodiy samarasi darhol sezilganining yorqin misoli.
Bundan tashqari, Jartepa atrofida sanoat uchun maxsus er maydonlari ajratilgan. Bu erda yuk tushirish, saqlash va qayta ishlash uchun zamonaviy infratuzilma yaratilmoqda. Urgut tumani 116 ta mahalla, 140 ta qishloq va 600 mingga yaqin aholini o'z ichiga oladi.
SHu bilan birga, mamlakatimiz rahbari tashabbuslari bilan Samarqand davlat universitetining Urgut filiali ochildi. Bugun bu erda nafaqat Urgutdan, balki qo'shni tumanlar va boshqa viloyatlardan kelib o'qiyotgan talabalar ko'p. SHu sabab temir yo'l nafaqat iqtisod uchun, balki talabalar va o'qituvchilar uchun ham juda muhim. SHuning uchun aytamanki, yangi temir yo'l nafaqat qatnovni, balki aholining hayotini ham ancha qulaylashtiradi. Ishonamanki, u doimiy ravishda ishlaydi, xalqimiz va tadbirkorlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi.
Ilgari tadbirkorlarimiz xom ashyo va mahsulotlarni avtomobillarda bir necha marta tashishga majbur edi. Bu esa qimmatga tushar, tannarxni oshirar, yuk aylanmasini sekinlashtirardi. endi esa sanoat yuklari temir yo'l orqali kelishi, katta iqtisodiy yutuq.
Tashish arzonlashadi, vaqt tejaladi, tannarx kamayadi. Natijada korxonalar ko'proq mahsulot ishlab chiqaradi. Bu esa yangidan-yangi ish o'rinlarini yaratadi, tuman iqtisodiyotida faollikni kuchaytiradi.
Temir yo'lning kirib kelishi faqat Urgut uchun emas, balki Tayloq, Nurobod, Samarqand tumani kabi qo'shni hududlar uchun ham ish o'rinlari va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiradi. Mehnat resurslari ortib, yangi ishchi kuchlariga talab paydo bo'ladi.
YAna bir bor ta'kidlayman: bu temir yo'l xalqimiz uchun, tadbirkorlarimiz uchun, yurtimiz iqtisodiyoti uchun juda katta loyiha. U inson qadrini ulug'lash, aholining turmush sharoitini yaxshilash, tumandagi sanoat va iqtisodiy hayotni ko'tarish maqsadida amalga oshirildi. YAngi qatnov Urgutni yanada rivojlanishiga, yangi imkoniyatlar ochilishiga xizmat qiladi dedi, Urgut tumani hokim Dilmurod Saidkulov.
Yo'nalish Samarqand shahri, Jomboy, Pastdarg'om, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uchun xavfsiz va zamonaviy transport xizmati taqdim etishi bilan ahamiyatli. SHuningdek, ichki turizm rivojiga ham katta turtki beradi.
– To'liq elektr va aloqa infratuzilmasi qayta yangidan qurildi, mavjud 10/35/110 kV liniyalar to'liq ko'chirib o'tkazildi. Zarafshon daryosi bo'ylab o'tuvchi himoya dambasi qurilishi ham muvaffaqiyatli yakunlandi. “Jartepa” stantsiyasida yuk tashish imkoniyatini kengaytirish maqsadida 833 metrlik qo'shimcha temir yo'l shoxobchasi barpo etildi. Mazkur yangi yo'nalish ikki juft shaharlararo poezd va to'qqiz juft yuk poezdi qatnovini ta'minlash imkoniyatiga ega. Loyihani shu yil yakuniga qadar yakunlash ko'zda tutilgan. Poezdlar qatnovi yo'lga qo'yilishi orqali yiliga 359 ming yo'lovchi va 8,2 million tonna yuk tashish imkoni yaratiladi.
Yo'nalish Samarqand shahri, Jomboy, Pastdarg'om, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uchun xavfsiz va zamonaviy transport xizmati taqdim etishi bilan ahamiyatli. SHuningdek, ichki turizm rivojiga ham katta turtki beradi.
Temir yo'l infratuzilmasi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, ushbu loyiha “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. YAngi yo'nalish ishga tushishi natijasida 130 ta yangi ish o'rni yaratiladi dedi, Temiryo'linfratuzilma AJ Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari, Avazbek Axmedov.
Poezdagi mahalliy yo'lovchilar ham yangi qatnovdan mamnun: “Bilet narxi 20 ming so'm. Poezd issiq, qulay, bolalar bilan ham bemalol yo'lga chiqsa bo'ladi. Taksidan tezroq etib keldik. Men qizimning uyiga nabiram bilan keldim – juda ham yaratilgan qulayliklardan xursandman va buning uchun avvala yurtboshimizga o'z minnatdorchilimni bildiraman”, — dedi mahalliy fuqaro.
Samarqand – Urgut yangi temir yo'li bu shunchaki 55 kilometr o'lchovdagi infratuzilma emas. Bu minglab odamlarning hayotiga ta'sir etadigan katta ijtimoiy–iqtisodiy o'zgarishlar, hududning yangi imkoniyatlari, tadbirkorlik va logistikadagi yangi bosqichdir. Davlat siyosati doirasida boshlangan va mutaxassislar mehnati bilan amalga oshirilgan ushbu yirik loyiha Urgutni mamlakatning eng muhim transport nuqtalaridan biriga aylantirmoqda. Kelgusida yo'lning to'liq elektrlashtirilishi va xizmatlar sohasining rivojlanishi uning ahamiyatini yanada oshiradi.
Zulxumor Akbarova








