Urgut – Samarqand – Urgut yoʻnalishida shaharlararo poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

    Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bugun, 27-noyabr kunidan 6202/6201 va 6204/6203-sonli “Urgut – Samarqand – Urgut” shaharlararo poyezdining xar kunlik qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    • 6202-sonli “Urgut – Samarqand”

    Urgut 06:30, Jartepa 06:45 – 06:47, Samarqand 07:34.

    • 6201-sonli “Samarqand – Urgut”

    Samarqand 08:47, Jartepa 09:34 – 09:36, Urgut 09:51.

    • 6204-sonli “Urgut – Samarqand”

    Urgut 16:59, Jartepa 17:14 – 17:16, Samarqand 18:03.

    • 6203-sonli “Samarqand – Urgut”

    Samarqand 19:27, Jartepa 20:14 – 20:16, Urgut 20:31