Urgut tumanida direktor o'rinbosari 1 000 dollar olayotgan vaqtda qo'lga tushdi

    Tashvishli xabar 8 Noyabr 2021 941

    Urgut tumanida fuqaroga texnikumni tamomlaganligi haqida diplom olib berishni va'da qilgan direktor o'rinbosari ushlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo'limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda “Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi” direktori o'rinbosari I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o'qishga kiritib, 2021-2022 o'quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va'da qilib, evaziga 1 000 AQS dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.