Umuman, qaror bilan tasdiqlangan 2-chorak investitsiya dasturi bir qator umidli mujdalar beradi.
Xususan, Narpay tumanida 2025 yilgacha rejalashtirilgan quvvati 200 MVt bo‘lgan gaz porshenli elektr stansiyasi quriladi.
Bulung‘urda Nurobod tumanidagi fotoelektrstansiyasiga teng - 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
Dasturda Urgut tumanidagi "Qizilturuk" oltin konini o‘zlashtirish ham belgilangan. Buning uchun 2025 yilgacha geologiya-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.