2020-2021-yillar davomida Urgut tumanining Navoiy, Yangiariq hamda Gʻijduvon agrofirmalari hududidagi qoramolchilik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan “Temur Toʻlagan koʻchat nihollari” fermer hoʻjaligi Fransiya davlatidan “monteblyard” zotga mansub 30 bosh, “Sayfullayev Olimjon uzumzorlari” fermer hoʻjaligi Avstriya davlatidan “shved” zotga mansub 30 bosh , “Urgut Chorva nasl” fermer hoʻjaligi Rossiya davlatidan 100 bosh, “Mullo Qishloq Chorva nasl” fermer xoʻjaligi tomonidan Avstriya davlatidan “shved” zotiga mansub 200 bosh naslli qoramollar keltirilgan. Ushbu qoramollardan yuqori va sifatli chorva mahsulotlarini yetkazib berilishi Inspeksiyaning Urgut tumani boʻlimi tomonidan nazoratga olingan.

Hozirgi kunda keltirilgan naslli qoramollarning har yuz boshidan 80-85 boshdan naslli buzoq olishga erishilmoqda. Mavjud xar bir sigirdan kunlik  18-20 litirdan sut sogʻib olinmoqda, deb xabar beradi “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.