Tekshiruv jarayonida tuman mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi gumondor shaxslarga yordam berish bahonasida 2 500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Maʼlum boʻlishicha, u pulni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishni rejalashtirgan. Tezkor tadbir davomida advokat ham 2 500 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishini JPKning 84-moddasi asosida tugatib berishni vaʼda qilgan.
Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Afsuski, har ikki shaxs ham avval jinoyat sodir etgani uchun sudlangan boʻlsada, xatolaridan xulosa chiqarmagan.









