Urgutda barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, kelasi yil kambagʻallik va ishsizlikni 2 foizdan tushirishi kerakligi taʼkidlandi.
Urgutda 1,5 mingta sanoat korxonasi boʻlsada, ayrimlari faoliyat koʻrsatmayapti, ishlayotganlari ham mavjud quvvatidan toʻliq foydalanmayapti.
Mutasaddilarga “Urgut” iqtisodiy zonasiga kiruvchi 14 ta tuman hokimi bilan ishni toʻgʻri tashkil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini 20-30 foizga qisqartirish topshirildi.
Masalan, yangi temir yoʻl liniyasi hisobiga Urgut va Toyloqdagi 1 ming 200 ta sanoat korxonasining tashish xarajatlari arzonlashib, tannarx 6-8 foizga qisqaradi.
Agar temir yoʻl boʻylab 3 ta zamonaviy logistika markazi qurilsa, Urgut, Toyloq, Jomboy, Bulungʻur va Samarqand tumanidagi 2 mingga yaqin sanoat korxonalarining tashish xarajatlari yana 10-15 foizga arzonlashishi koʻrsatib oʻtildi.








