Maʼlum qilinishicha, holat 1-aprel kuni darslardan soʻng maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 9-sinf oʻquvchisi oʻrtasida yuz bergan.
Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganilmoqda.
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi oʻquvchilarga nisbatan har qanday zoʻravonlikni keskin qoralab, holat yuzasidan ishchi guruh tuzilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.