Urgutda noyob hayvon kelib qoldi

    Yashil sayyora 21 Oktabr 2021 1703

    Shu yilning 19-oktyabr kuni Turkiston silovsini Urgut tumanidagi Rahmatobod mahallasi hududiga Zarafshon daryosi orqali kelib qolgan.

    Maʼlum boʻlishicha, bu mahallada joylashgan “OQBUTA GOLD” MCHJda ishlovchi fuqarolar korxona hududiga kelib qolgan noyob xayvonni koʻrib qolishadi va unga ovqat berishadi.

    Silovsin ketavermagach Urgut tumani oʻrmon xoʻjaligi hamda tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha nazorat inspeksiyasiga telefon orqali murojaat qilishadi.

    Masʼullar esa tezda joyiga borib oʻrganishganda, bu hayvon Turkiston silovsini ekanligi aniqlanadi, deya xabar beradi ekologuz telegram kanali.

    Hozirda mazkur hayvon maxsus tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda, tez orada yana tabiat qoʻyniga qoʻyib yuboriladi.

    Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda 300 ga yaqin Turkiston silovsini qolgan.