Biznes-forum doirasida “B2B” va “G2B” formatlarida uchrashuvlar boʻlib oʻtishi, shuningdek, tadbir yakunlari boʻyicha bir qator yirik savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolanishi kutiladi.
Shuningdek, tadbir doirasida Savdo-sanoat palatasi koʻmagida Oʻzbekistondagi korxonalar va eksport uchun moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi boʻlib oʻtyapti.
Koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad — Oʻzbekiston sanoat kompaniyalarini rivojlantirish va investitsion yutuqlarini Xitoy bozorida namoyish etish.
Oʻzbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi 2 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelyapti. 2023-yilda Xitoy kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati qariyb 2 milliard dollarlik 60 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.