Urunov iyul oyining eng yaxshi futbolchisi

    Sport 30 Iyul 2020 1531

    Rossiyaning “Ufa” jamoasida tup surayotgan oʻzbekistonlik himoyachi Oston Urunov iyul oyi yakuni boʻyicha jamoaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

    Bu haqda bugun “Ufa” futbol klubi saytida maʼlumot tarqatildi.

    Futbol muxlislari oʻrtasida oʻtkazilgan surov natijalariga koʻra, Urunov 30,2 foiz ovoz olgan. Oʻzbekistonlik futbolchidan keyingi oʻrinlarni esa Danil Fomin(14,3), Aleksandr Belenov(10,4) egallagan.

    “Ufa” futbol klubining taʼsischilar kengashi raisi Rostislav Murzagulovning “Sport24” muxbiriga bergan intervyusida aytishicha, oʻzbekistonlik 19 yoshli Urunov hozirda “Ufa” jamoasi aʼzolari bilan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda qatnashmoqda.

    Uning «Spartak»ka oʻtish yoki oʻtmaslik masalasi hozircha ochiq turibdi.

    Toʻlqin ROʻZIYEV.