MDH davlatlarida 9 may bayrami munosabati bilan muntazam ravishda urush faxriylariga bir martalik pul mablag'lari to'lab kelinadi. Bu to'lovlar turli davlatlarda turlicha.
Masalan, O'zbekistonda bu yil 10 million so'mdan to'landi.
Statistikaga ko'ra, joriy yilda MDH tarkibida bo'lgan davlatlar orasida eng ko'p pul Qozog'istonda to'lanibdi. Har bir urush faxriysiga 1 million tengedan. Bu Qozog'istondagi hozirgi kurs bilan hisoblasa, 2382 dollarga teng.
Taxminlarga ko'ra, eng ko'p urush faxriysi bo'lgan Rossiya 75 ming rubldan to'lashga qaror qildi. Bu RFdagi hozirgi kursda 1016 dollarga teng.
O'zbekiston sobiq Sovet ittifoqi davlatlari orasida faxriylarga to'lanadigan pul summasi bo'yicha uchinchi o'rinda bo'ldi. Har bir faxriyga to'lanadigan 10 million so'm valyutaning hozirgi kursida 993 dollarga teng bo'ladi.
Boshqa davlatlarda faxriylarga ajratilgan mablag'lar bilan quyida tanishing:
- Qirg'iziston – 75 000 som (951 dollar)
- Ozarbayjon – 1500 manat (882 dollar)
- Belarus` – 1700 belarus` rubli (697 dollar)
- Armaniston – 300 000 dram ( 624 dollar)
- Tojikiston – 6000 somoni (589 dollar)
- Ukraina – 4120 griven (152 dollar)