Ushbu tashabbus tadbirkorlik muhitini yaxshilash, xususan toʻqimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi muhim yoʻnalishlar taraqqiyotini ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Dastur kichik va oʻrta biznes korxonalari, nodavlat tashkilotlar va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga hissa qoʻshadigan boshqa tuzilmalarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Bu galgi grant miqdori qoʻshma moliyalashtirish sharti bilan 25-100 ming dollarni tashkil qiladi. Koʻpgina korxonalar uchun loyiha xarajatining 50 foizi qoplanadi.
Maʼlumki, USAID ayollar, yoshlar va boshqa ehtiyojmand toifalarga yoʻnaltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida eʼtibor qaratadi. Yaʼni, xarajatning 80 foizigacha qismi moliyalashtirilishini taklif qilishi mumkin.
15-oktyabrgacha ariza berish mumkin boʻlgan ushbu grant tashabbusidan koʻzlangan maqsad faol, innovatsion va barqaror tadbirkorlik ekotizimini shakllantirish orqali uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashdir.