Fargʻona viloyatida boʻlib oʻtgan taqdimotda USAID toʻrtta asosiy yoʻnalish:

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT),

- turizm,

- tekstil va

- yashil iqtisodiyotda kichik va oʻrta bizneslarning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha besh yillik tashabbusni amalga oshirishini eʼlon qildi. Loyiha ikkita asosiy maqsadga erishishga qaratilgan boʻlib, u xususiy sektor oʻsishida toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

— Bu tashabbus inklyuziv va barqaror kelajagi yoʻlidagi umumiy intilishlarimizning muhim tamal toshi hisoblanadi, — dedi USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman. — Rivojlanish yoʻlidagi muhim toʻsiqlarni bartaraf etish va xususiy sektor faolligini qoʻllab- quvvatlash orqali biz biznesda, ayniqsa ayollar va yoshlar boshchiligidagi korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilganmiz.