Ushbu tanlov USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi tomonidan taʼsis etilgan “Agrobiznesni rivojlantirish jamgʻarmasi”
tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Dunyo miqyosida agroturizm qishloqlar rivojining samarali vositasi ekanligi isbotlangan. U kichik fermer xoʻjaliklariga qoʻshimcha daromad keltirib, qishloq infratuzilmasini yaxshilaydi va yangi ish oʻrinlari yaratadi. Axolisining deyarli yarmi qishloq joylarida istiqomat qiluvchi agrar-industrial davlat boʻlgan Oʻzbekistonda agroturizm qishloqlar rivojlanishining asosiy omili boʻlishi mumkin, deb xabar beradi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Agrobiznesni rivojlantirish jamgʻarmasi mahalliy xususiy korxonalarni qoʻshilgan qiymatga ega agroturizm mahsulotlari va xizmatlarini yaratishda qoʻllab-quvvatlash maqsadida, biznes gʻoyalar boʻyicha arizalar qabulini boshladi. Jamgʻarma savdoni oshirish, sayyohlar tashrifini koʻpaytirish, ayollar va yoshlarni ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini ragʻbatlantiruvchi tashabbuslarni hamkorlikda moliyalashtiradi. USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi tanlov mezonlariga mos keluvchi qishloq xoʻjaligi korxonalardan arizalar qabul qiladi. Ayollar va yoshlarga tegishli tadbirkorlik korxonalaridan kelib tushgan arizalarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ushbu tashabbus USAIDning Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan besh yillik Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi tomonidan amalga oshirilyapti. Loyiha tanlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun butun qiymat zanjiri boʻylab qoʻshimcha qiymat yaratish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish orqali Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida xususiy sektor rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan. Mazkur tadbirlar Oʻzbekistonda qoʻshimcha qiymat qoʻshilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish, sohaga xotin-qizlar va yoshlarni jalb etish, taʼlim muassasalari va xususiy sektor oʻrtasidagi aloqani mustahkamlash va qishloq xoʻjaligida maqbul siyosat yuritishni qoʻllab-quvvatlashga qaratiladi.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2021-yilning 15-oktyabriga qadar davom etadi.