Tomonlar O‘zbekistonning USAID bilan hamkorligini batafsil ko‘rib chiqdilar va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash, energiya xavfsizligini mustahkamlash va xalqaro savdoni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.