Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida atmosfera fronti oʻtishida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 24-28° atrofida boʻladi.

Ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston boʻyicha asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat 27-aprelda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida baʼzi joylarda asosan jadalligi biroz boʻlgan qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻir yogʻishi mumkin.

27-aprelda shimolda va choʻl hududlarida, 28-aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta oʻrtasiga kelib, Eron hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi hisobiga kunduzgi havo harorati 27-32° gacha koʻtariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.