Ushbu hafta davomida salqin havo chekinadi

    Mamlakatimizda 13 Sentabr 2021 712

    Oʻtgan hafta davomida Volga boʻyi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozogʻiston hududi tomonga qarab chekinadi.

    Bugun Oʻzbekistonda harorat 27-32° boʻlgan quruq va nisbatan salqin havo boʻlishi kutilmoqda, bu ushbu kunlarning meʼyoriy qiymatlariga yaqindir.

    Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo 12-15° atrofida salqin boʻladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34° dan — hafta oxiriga kelib 32-37° gacha asta-sekin koʻtariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.