Ertaga havo massasining kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent, Namangan viloyatlarida, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qolgan hududlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 30-35° dan yuqori boʻlmaydi.
4-5-iyul kunlari front oʻtishida baʼzi joylarda chang-toʻzonlari bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutiladi. Respublikaning ayrim joylarida shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6-iyuldan 8-iyulgacha Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutiladi, faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda 6-7-iyul kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari 17-22°, kunduz kunlari 30-35° atrofida, janubda 37-39° gacha boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.









