Ushbu ish haftasida havo harorati +31 darajagacha koʻtariladi

    Boshlangan ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutiladi.

    Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga — 30-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Oʻtgan dam olish kunlari havo biroz salqinlashganidan soʻng, harorat foni koʻtarila boshlaydi va hafta oʻrtasidan kunduz kunlari 24-29 darajagacha, baʼzi joylarda 31 darajagacha isiydi. Kechalari harorat 10-15 darajagacha koʻtariladi.

    Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-mayda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida 29-30-aprel kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 2000 metrdan yuqorida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

    Poytaxtimizda: 29-apreldan 3-maygacha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtachagacha boʻlgan tezlikda esadi. Bugun va ertaga harorat 21-24 daraja atrofida boʻladi, 1-3-may kunlari 25-29 darajagacha koʻtariladi. Harorat kechalari 12-15 darajacha koʻtariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmat agentligi.