Ushbu ish haftasida havo harorati 39 darajagacha koʻtariladi

    Iyun oyining birinchi ish haftasi davomida Oʻzbekiston boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutiladi.

    Faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda, shuningdek 4-5-iyun kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda jadalligi asosan biroz boʻlgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Ushbu kunlarda respublika hududining katta qismida qulay harorat foni saqlanib turadi, haftaning birinchi yarmida harorat 29-32 daraja, haftaning ikkinchi yarmida 32-35 daraja boʻladi. Faqat janubda choʻl hududlarda harorat kunduz kunlari 36-39 darajagacha koʻtariladi.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-5-iyunda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi. Harorat 3-5-iyunda 30-33 daraja, 6-7-iyunda 32-35 daraja boʻladi. Harorat asosan kechalari 18-21 darajagacha boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.