8-9-avgustda issiq kuchayadi va respublika hududining katta qismida kunduz kunlari havo 40-42 darajagacha, janubda 43-44 darajagacha isiydi.

Faqat Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga 9-avgust kuni salqin havo kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat 32-37 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi saqlanib turadi. Faqat 5-6 va 9-avgust kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Poytaxtimizda: havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayadi.

Harorat kechalari 23-25 daraja, kunduz kunlari 5-7-avgustda 37-39 daraja, 8-9-avgustda 39-41 daraja boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.