Ushbu ish haftasida qorli va sovuq havo saqlanib qoladi

    Mamlakatimizda 19 Fevral 2024 1075

    O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston hududiga kirib kelgan sovuq havo massasi o‘z ta’sirini saqlab turadi.

    Ushbu hafta davomida havo harorati asosan kechalari 3-8 daraja sovuq, shimolda 7-12 daraja sovuq, ba’zi joylarda 16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 19-20-fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 21-23-fevralda 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

    Bugun kunduzi ko‘pchilik viloyatlarda ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    Ertaga 2-fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

    21-23-fevral kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutiladi.

    Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

    Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

    Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

    Poytaxtimizda: bugun kunduzi, shuningdek 20-fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 21-23-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19-20-fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 21-23-fevralda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.