Ushbu ish haftasining ikkinchi yarmida havo harorati joylarda 43 darajaga yetishi mumkin

    Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    Faqat tog‘li hududlarda ba’zi joylarda mahalliy xususitga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

    Dushanba va seshanba kunlari havo harorati 36-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40-41 darajagacha bo‘ladi.

    Chorshanba kunidan va ish haftasining oxirigacha harorat 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda, kunduz kunlari havo 38-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha isiydi.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

    Poytaxtimizda: 22-25-iyulda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

    Bugun kunduzi harorat 36-38 daraja bo‘ladi, so‘ng ish haftasining oxirigacha 39-41darajagacha asta-sekin ko‘tariladi, deb xabar beradi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.