«Hali imkoniyatlarimiz bundan karra-karra koʻp. Eng muhimi, ularni ishga solishga qodir boʻlgan sizdek vatanparvar va jonkuyar tadbirkorlarimiz bor. Aholimiz 38 millionga yaqinlashib borayapti, ularning daromadi ham kundan-kunga koʻpaymoqda.
Qoʻshni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz misli koʻrilmagan darajaga chiqdi. Mamlakatimiz mahalliy korxonalar uchun ham, chet el kompaniyalari uchun ham katta bozorga, mintaqadagi sanoat xabiga aylanib ulgurdi», — dedi Prezident.
Hozirgi murakkab sharoitda barcha davlatlar oʻz yurtidagi ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishni ustuvor yoʻnalish sifatida koʻrayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekiston ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirkorlarni yanada keng qoʻllab-quvvatlaydi.