Ushbu yoz sayohat uchun xavfsiz bo'ladimi?

    Turizm 20 May 2020 1721

    Bugun dunyo koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni davom ettirar ekan, ijtimoiy masofalanish, masofaviy ish va onlayn xizmatlar ko'rsatish amalda bo'lib turibdi. Ammo, ko'plab sarguzasht sevarlarni ushbu yoz sayohat uchun qay darajada xavfsiz bo'lishi qiziqtirmoqda.

    Ana shu ko'p sonli qiziquvchilar talab va istaklariga binoan kelayotga mazkur yoz faslida sayohat uchun e'tiborga olishingiz kerak bo'lgan bir qancha masalalarga to'xtalamiz.

    Avtomobilda sayohat

    Hozirgi vaqtda AQSH va boshqa ko'plab mamlakatlardagi yirik dam olish va istirohat bog'lari yopiq bo'lsa-da, odamlar u qadar ham gavjum bo'lmaydigan maskanlar faoliyati davom etmoqda. SHu nuqtayi nazardan, agar sizning shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, yozni maroqli o'tkazish sizga bir muncha oson va xavfsiz bo'lishi mumkin. YA'ni, siz haqiqatdan odamlar kam tashrif buyuruvchi dam olish manzilgohlariga (albatta ishonch hosil qilgan holda) o'z avtoulovingizda boring. Yo'l davomida, odam ko'p to'planuvchi joylar – yoqilg'i quyish shohobchalari, do'konlar va tamaddixonalarga kirishdan saqlanish uchun sayohat uyingizdan bir necha soatlik masofadan oshmasligini maslahat beramiz.

    Mehmonxonalar

    Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda ko'plab davlatlardagi har o'nta mehmonxonadan sakkiztasi bo'shligicha qolmoqda. Bu birgina AQSHning aprel` oyidagi bir haftada 3.5 milliard dollar yo'qotishiga sabab bo'ldi. Natijada Qo'shma SHtatlardagi bir qator yirik mehmonhonalar tarmog'i COVID-19 tarqalishi xavfini minimallashtirish va mehmonlarni qayta jalb qilish maqsadida, global tozalik standartlarini joriy etmoqchi. Xususan, Hyatt mehmonxonalari 2020 yilning sentyabriga qadar kamida bitta maxsus gigena bo'yicha menejerga ega bo'lishni va'da qilmoqda.

    Qolaversa, dunyodagi bir qator mehmonxonalar xonalarga mijozlarni joylashtirishda 24 saotlik tanaffusni tadbiq etmoqchi. Bunda bo'shagan xonaga 24 saotsiz yangi mehmon joylashtirilmaydi. Bu vaqt oralig'ida xonalarda qat'iy tozalash ishlari amalga oshiriladi. YOz oyida sayohat qilmoqchi bo'lganlar shu kabi yangiliklardan doimiy xabardor bo'lib borishlari maqsadga muvofiq.

    Avia va temir yo'l tarmog'i

    Koronavirus pandemiyasi ko'plab tarmoqlar kabi avia va poezdlar faoliyati uchun ham jiddiy qiyinchilik keltirib chiqardi. Bir qator aviakompaniyalar va temir yo'l sohalari yo'lovchilarni jalb qilish va virus tarqalishini kamaytirish uchun o'z xizmatlarida qat'iy tozalik chora-tadbirlari belgilamoqda. SHu bilan birga, bu borada aksar samalyot va poezdlarni yangi gigenik vositalar bilan jihozlash ishlari ham boshlangan. Ayrim aviakompaniyalar esa, sayohat maqsadida bron qilingan chiptalar hech qanday qo'shimcha to'lovlarsiz yil davomida amal qilishini ma'lum qilmoqda.

    Xavfsiz sayohat uchun to'g'ri qaror

    Albatta, agar siz ushbu yoz faslida COVID-19 tufayli sayohat qilishdan qo'rqsangiz, yaxshisi buni keyingi yillarga qoldiring.

    Agarda yozgi ta'tilda sayohatga axdingiz qat'iy bo'lsa, bu bo'yicha berilgan maslahatlarga rioya qilish va profilaktika markazlari tomonidan tavsiya etilgan qo'shimcha choralarni ko'rish juda muhimdir. YA'ni, siz shunchaki yashash joyingiz atrofidagi qahvaxonaga chiqish bo'ladimi yoki bir necha soatda bosib o'tiluvchi sayohatlar, barchasida odamlardan masofalaning. Niqob taqish va qo'llaringizni tez-tez yuvishni unutmang.

    esda saqlangki, xavfsiz sayohat uchun to'g'ri qaror qabul qilish faqat o'zingizga bog'liq.

    Nurillo To'xtasinov

    tarjimasi