Usmon Nosirning 110-yilligi nishonlanadi

    Saylov 27 Sentabr 2021 2775

    Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Namanganning otashin farzandi Usmon Nosir haqida soʻzladi:

    «Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga toʻlgan 25 yoshida qamalib, qatagʻon qilindi. Chunki mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni oʻzining eng ashaddiy dushmani, deb hisoblar edi.
    Shuning uchun ham, shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda oʻtkazib, 1944-yili 32 yoshida vafot etadi.

    Kelgusi yili yurtimizda Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosib nishonlanadi.

    Shu munosabat bilan Usmon Nosirning hayoti va ijodini yanada kengroq oʻrganish, asarlarini nashr qilish, jumladan, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida haykalini hamda Rossiyaning Kemerovo oʻlkasidagi shoir dafn etilgan maskanda yodgorlik oʻrnatish koʻzda tutilmoqda»