Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 2024-yilning 19-yanvaridagi ajrimiga asosan qarzdor Х.Н.нинг boshqaruvida boʻlgan «KIA Carnival» rusumli avtomashinasini xatlash belgilangan.
Sabab shundaki, u «Hamkorbank» ATBdan kredit olgan va uni oʻz muddatida qaytarmagan. Shu sababli, kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Fargʻona tuman boʻlimi ish yurituviga 19.03.2024 yilda kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Ijro harakatlari davomida, Boʻlim davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilga bir necha marotaba borib koʻzdan kechirilganda, avtomashina yoʻqligi aniqlangan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasiga koʻra, ushbu avtomashina 25.03.2024 yilda mashina ustaxonasida yashirilgani aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan xatlangan va saqlash uchun «Hamkorbank» ATBga topshirildi.