Prezidentning tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida uyushmaning bir guruh aʼzolari I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ular safida marhum yozuvchi Sharof Boshbekov va adiblar Mahkam Mahmudov, Xurshid Davron, Abdulla Sher, Shodmon Otabek, Shahodat Isoxonovalarning borligi bizni quvontiradi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Sharof Ubaydullayev yurtimizdagi yangilanishlar, ijodiy jarayondagi rivojlanishlar haqida taʼkidlashdi. Koʻkrak nishoni sohiblari esa mamlakatimiz va oʻzbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qoʻshishgani aytib oʻtildi.
Faxriy adiblarimiz ham bunday eʼzoz, eʼtirof va gʻamxoʻrlikdan minnatorlik bildirdi.
Tadbirda keksa avlod vakillarining ibratli hayoti, faoliyati va zabt etgan choʻqqilari eʼtirof etildi va bu yutuqlar yosh avlodga namuna sifatida koʻrsatildi.
Zulayho Ahmadjonova,
jurnalist