Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda jurnalistika sohasiga qoʻshgan beqiyos hissasi, taʼlim-tarbiya jarayonidagi faol ishtiroki hamda xalqaro munosabatlarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun bir guruh taniqli jurnalistlar, masʼullar va universitet hamkorlari OʻzJOKU “Faxriy professori” va “Faxriy dotsenti” unvonlari bilan taqdirlandi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati Bosh muharriri Salim Doniyorovga ham “Faxriy professor” unvoni berildi.
Salim Musurmonovich media sohasida jurnalistik nazariyani amaliyot bilan uygʻunlashtirib rivojlantirayotgan ustoz-jurnalist sifatida eʼtirof etiladi.
Tahririyat jamoasi Salim Doniyorovni ushbu unvon bilan samimiy qutlaydi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaydi.








