Rang-barang taqdirni qogʻozga bitdi,

Millionlar qalbin bilmay zabt etdi,

Shuhrat choʻqqisiga yel kabi yetdi,

Mehrimiz qozonib, boqiyga ketdi

Oʻzingdek kamtarin, kamsuqum inson-

Oʻgʻloning husningga sayqal Andijon.

Ayladi ajdodlar yodin muqaddas,

Hayot, haqiqatga edi hamnafas,

Taqdirlar qalbida berar edi sas,

Sheʼr bilan yolgʻonga yasardi qafas

Suhbati, oʻgiti menga ham armon

Yodlashga izn ber bir gal Andijon.

Sheʼrlarida inson kadri yagona,

Vatan-azim chinor,tengsiz koshona,

Yuksaklarga chiqdi taʼrifda Ona,

Atrofida sevgi edi parvona

Shu shoir bolangga sensan-ilk Doʻrmon

U koʻksingda yozuv — zarhal Andijon.

Ijodida hayot boʻldi mujassam:

Xalqning quvonch, qaygʻu,orzulari jam,

Millat qadrin koʻkka kutardi har dam,

Oqibatni yoqlab tebratdi qalam

Istiqlol kuychisi,millatga vijdon

Farzanding — gʻururing goʻzal Andijon.

Sheʼrlari -qalblarga nur sochgan quyosh,

Dil kuzidan goho boʻldi sizgan yosh,

Hasad, haqsizlikni fosh qilguvchi fosh,

Halollik,mehrni qildi doʻst,yoʻldosh

Yuzta oʻgʻlingchalik ish qildi inon!

Yozgani-kamaymas “dur-laʼl”Andijon.

Xalqqa ijod bilan u boʻldi zohir,

Oddiy soʻzlardan dur tizmoqqa mohir,

Sheʼrlari -Vatanga milliy javohir,

Oʻzbekning koʻnglida uchmas bir faxr

Muhammad Boburing yo misli Choʻlpon

Shaʼningga qoʻyilgan haykal Andijon.

Saydulla Qoplonov,

Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi.