Ustoz-o'qituvchilarga davlat mukofotlari topshirildi

    Toshkent viloyati hokimligida 1 oktyabr` – O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri uyushtirildi

    Unda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi mutaxassislari, barcha tuman-shaharlardan kelgan faol o'qituvchilar, sohada samarali mehnat qilayotgan faxriy ustozlar ishtirok etdi.

    Bayram tadbirda viloyat hokimi Davron Hidoyatov barcha ustoz-murabbiylarni samimiy tabriklab, ularga kelgusi ishlariga barkamollik tiladi. SHundan so'ng Prezidentimizning O'zbekiston o'qituvchi va murabbiylariga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi.

    So'nggi yillar ta'lim tizimi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Ta'kidlanganidek, mamlakatimizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Toshkent viloyatida ham mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etilmoqda. Bundan 5 yil oldin Toshkent viloyatida faqatgina 1 ta Toshkent davlat agrar universiteti faoliyat yuritgan. Bugungi kunga kelib viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari soni 7 taga etgan.

    – O'tgan yili maktablar reytingi bo'yicha bizning ta'lim muassasamiz Toshkent viloyatida to'rtinchi, Bo'stonliq tumanida esa birinchi o'rinni egalladi. SHu bilan birga, bir nafar o'quvchimiz Al-Xorazmiy nomidagi respublika fan olimpiadalarida birinchi o'rinni egalladi. Bo'stonliq tumanidagi 44-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi”faxriy unvoni sohibi Millavoy Normetov.

    – Imkoniyati cheklangan bolalarni innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim-tarbiya berish, jamiyatga tayyorlash yo'lidagi tinimsiz mehnatimiz munosib taqdirlandi, – deydi "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi,Olmaliq shahridagi 80-kar va zaif eshituvchi
    bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Asqar Mamatqulov.

    Ko'ngillarga quvonch va zavq-shavq bag'ishlab o'tkazilgan bayram tadbirida Prezidentimizning farmoniga muvofiq davlat mukofotlari bilan taqdirlangan bir guruh o'qituvchilarga mukofotlar topshirildi.

    Gulichehra Durdieva,

    "YAngi O'zbekiston" muxbiri