Rossiyaning «Utair» aviakompaniyasi O'zbekistonga parvozlarning yangi yo'nalishini ochdi.

Aviakompaniyaning yangi parvoz yo'nalishi «Farg'ona» xalqaro aeroportiga bo'ladi.

Farg'ona — Surgut yo'nalishi bo'yicha parvoz 2023 yil 22 yanvardan boshlab haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

«Utair» har haftaning chorshanba kunlari Moskvadan Farg'onaga parvozlarni amalga oshirishda davom etmoqda.