Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
“Hududgaz Fargʻona” GTF Margʻilon shahar gaz taʼminoti boʻlimi yetakchi muhandisi A.T. fuqaro N.M.ning noturar joy obyektini gaz tarmogʻiga ulash uchun texnik hujjatlarni tayyorlab berish hamda ruxsat olib berish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda