Janubiy Koreyaning T'Way Airlines  aviakompaniyasining reysi har hafta chorshanba kunlari amalga oshiriladi, samolyotda uchib kelganlar karantin uchun maxsus mehmonxonalarga yuboriladi.

Shuningdek, Uxan xalqaro aeroporti 73 ta mahalliy yo'nalishlarda  havo qatnovini tikladi.

Uxan 23-yanvardan beri karantin ostida edi va 25-mart kuni hokimiyat shaharga kirish va chiqishda cheklovlarni bekor qilishni buyurdi. 

3-sentabrdan boshlab Pekin sakkiz mamlakat bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni tikladi, ro'yxatda Avstraliya, Gretsiya, Daniya, Kambodja, Kanada, Pokiston, Tayland va Shvetsiya bor.