Uxlash uchun maxsus avtobus ishga tushdi

    Avtobusda yoʻlovchilarga uyqu niqobi va quloqqa tiqib qoʻyiladigan moslamalar beriladi. Baʼzilar oʻz choyshabi, shippak va sayohat yostigʻi bilan kelgan. Maʼlumotlarga koʻra, birinchi sinov reysi uchun barcha chiptalar sotib boʻlingan.

    "Gongkong aholisining uxlash uchun vaqti yetmaydi. Shuning uchun, ular bu yoʻlda boshqa imkoniyatlarni topishiga toʻgʻri keladi.

    Masalan, jamoat transportida ishga ketayotgan yoʻlovchilar bu tanlovini baʼzida uxlash imkoniyati bilan bogʻlaydi. Ularga avtobusda dam olish osonroq”. Aniq.uzda keltirilgan ayni fikrlar Gongkong universiteti uyqu klinikasi va laboratoriyasi bosh mutaxassisi doktor Shirli Liga tegishli.

    Darhaqiqat, biroz uxlamoqchi boʻlgan gonkongliklar uchun besh soatlik avtobus yoʻnalishi yoʻlga qoʻyildi. Maʼlumotlarga koʻra, yoʻnalishning uzunligi 76 kilometr.
    2 qavatli avtobus oʻrindiqlarining joylashuviga qarab chiptalar narxi 13 dollardan 51 dollargacha. Yoʻlovchilarga uyqu niqobi va quloqqa tiqib qoʻyiladigan moslamalar beriladi.

    Baʼzilar oʻz choyshabi, shippak va sayohat yostigʻi bilan kelgan. Maʼlumotlarga koʻra, birinchi sinov reysi uchun barcha chiptalar sotib boʻlingan.

    Shanba kuni boʻlib oʻtgan sayohatda yoʻlovchilar hududning goʻzal joylarini suratga olishlari uchun turli joylarda avtobus toʻxtatilgan. Bunga shaharning Lantau orolidagi toʻxtash joylari, shuningdek, Gonkong ayeroporti yaqinidagi samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish obyektini misol qilish mumkin.