«Ishchi guruhlar tomonidan uy-joylar taqsimlanishida birinchi navbatda hujjatlarida muammosi boʻlmagani uchun 1 430 ta xonadon egalariga toʻgʻridan-toʻgʻri berilib, koʻp qavatli uylarning 1-qavatiga birinchi navbatda oilasida nogironligi boʻlgan bolalar yoki ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolalar, shuningdek I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar va yolgʻiz pensionerlar joylashtirildi.
Muammo va kamchiliklari boʻlgan 724 ta hujjatlar Xalq deputatlari tuman Kengashlari sessiyalarida koʻrib chiqilib, sessiya qarorlariga asosan uy ajratilishi rad etildi.
Jumladan, oʻrganishlar natijasida 187 tasini — yashaydigan uyi boʻlgani uchun, 232 ta xonadonga tegishli uylar — Qurilish nazorat inspeksiyasi tomonidan yaroqli deb topilgani, 4 ta xonadon — noturar joy boʻlgani, 3 ta xonadon — qurilish qilish mumkin boʻlmagan joyda qurilgani va 298 ta xonadon — qurilishi yakunlanmagan (faqat poydevori boʻlgan yoki 2-3 qator gʻisht koʻtarilgan), kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun qurilgan vaqtinchalik uylar (vremyanka) ekanligi aniqlandi».