Joriy yil 4-fevralda “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasining navbatchi dispetcheriga, Angren shahri 3/2 dahasi 12 uy 8 xonadondan 3 yoshli bola uy ichida qulflanib qolgani haqida maʼlumot kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan manzilga yetib borib, maxsus gidravlik asbob anjomlar yordamida temir eshikni ochishdi. Bola sogʻ-salomat onasiga topshirildi. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yana bir koʻngilsiz hodisaning oldi olindi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.