Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.J. boshqa bir fuqaro A.ga tanishlari yordamida tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 mln so'm kredit ajratib berish hamda hech qayerda ishlamasada ish xaqi hisoblanganligi haqida ma'lumotnoma olib berish evaziga jami 1 900 AQSH dollari va 280 ming so'mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Uy-joy qurish uchun kredit olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Fuqaro tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 million so'm kredit ajratib berish hamda hech qayerda ishlamasada ish xaqi hisoblanganligi haqida ma'lumotnoma olib berish evaziga pora talab qilgan.
Oçiq osmon ostida mahorat maktabi
- “Intil” markazida xorijda ishlashga maqsadli tayyorgarlik yoʻlga qoʻyilgan
- "Imarat Development" quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov protsessual tartibda uşlandi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi
- Xazonlarni yoqiş taqiqlangan: qoidabuzarlarga jarima solinadi
- “Yaşil konditsioner”– xona ösimliklari uy havosini qanday özgartiradi?