Uy-joy uchun subsidiya olish maqsadida 18 yoshga toʻlgan fuqarolar ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga bir nechta ijtimoiy mezonlar asosida beriladi. Avvalo ariza beruvchi yoki uning oilasining daromadi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori asosida hisoblab chiqiladi.
— Qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan 6,9 baravarigacha, yaʼni talabgor oila daromadi 3.465 000 soʻmdan past 7. 969 000soʻmdan yuqori boʻlmasligi kerak.
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida yashovchilar uchun esa meʼyor mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan 8 baravarigacha, yaʼni 3.465 000 soʻmdan 9.240 000 soʻmgacha
— Toshkent shahrida esa talabgor oilaning daromadi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan 9,2 baravarigacha, yaʼni 3. 465 000 soʻmdan kam boʻlmasligi 10. 626 000soʻmdan koʻp boʻlmasligi kerak
Vaqtinchalik yashash manzili boʻyicha subsidiya olish mumkin emas.









