Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad soligʻidan ozod qilinadi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1001-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritildi.

    Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

    Qonunga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadarboʻlgan davrda:

    — jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

    — uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

    — tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻibelgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qoʻllanilgan holdahisoblab chiqariladi.