Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 28 yoshli N.A. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʻra, N.A. jabrlanuvchi (ayol) T.K. bilan telegram messenjerining “Arzon kvartira” nomli guruhida tanishib, Yu.M.ga Sergeli tumanidan arzon narxda uy olib berishni vaʼda qilib, uyni band qilib turish evaziga 12.345.000 soʻm miqdoridagi pullarni boshlangʻich toʻlov sifatida oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, aloqani uzib qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, N.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.