Т.Маннапова Norin tumanida istiqomat qiladi. Oilaviy kelishmovchilik sabab turmush oʻrtogʻi Ж.Маннапов bilan ajrashib ketishadi. Daʼvogar aynan nikoh davomida orttirgan mol-mulkdan hissa undirish boʻyicha sudga murojaat qiladi.
Fuqarolik ishlar boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga koʻra daʼvogar foydasiga javobgar Ж.Маннаповга nisbatan umumiy mulk deb topilgan qismidan ulush undirish belgilanadi.
Mazkur hujjat Byuroning Norin tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlari amalga oshirilgan. Javobgar ixtiyoriy berilgan muddatda ijro talablarini bajarmagan. Shundan soʻng majburiy ijro harakatlari tayinlandi. Biroq 2 marotaba tayinlangan ijro harakatlari turli sabablar bilan qoldiriladi.
Kuni kecha tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etgan majburiy ijro harakatlari olib borildi. Ammo ijro harakatlari davrida qarzdor va davlat ijrochilari oʻzaro bir-birlarini tushuna olishmadi.
Shundan soʻng, javobgarning eshitish va gapirishda nuqsoni borligi uchun huquq va majburiyatlari surdo tarjimon orqali tushuntirildi. Majburiy ijro harakatlari davomida daʼvogar manfaati taʼminlandi.
Unga Haqqulobod shahri, Yashiq mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan xonadondagi yashash uyining 2 ta xonasi, ayvonning 8,4 kv.m qismi, darvozaxonaning teng yarmi ulushi olib berildi. Shu bilan ijro hujjati amalda tamomlandi.