Gap shundaki, fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2014-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sharipov Qahramondan undiruvchi Fotima Sharipova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimiga kelib tushgan va harakatlar olib borilgan. Kuni kecha tushuntirish ishlari natijasida qarzdor undiruvchi bilan aliment qarzdorlikni voyaga yetgunga qadar toʻlash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etdi.
Uning murojaati koʻrib chiqildi. 18 yoshga qadar hisoblangan 35 mln. soʻm toʻlab berildi va qarzdorga nisbatan qoʻyilgan barcha cheklov bekor qilindi.
Umuman, Byuroning Uychi tuman boʻlimi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 100 ga yaqin oila yarashtirildi. 6 nafar fuqaro farzandlarini voyaga yetgunga qadar boʻlgan aliment uchun salkam 200 mln. soʻm mablagʻni toʻlab berdi.
MIB Namangan viloyat boshqarmasi