“Uyda sizni oilangiz kutmoqda”

    Migratsiya agentligi Qozogʻiston Respublikasida boʻlib turgan va tranzit yoʻnalishida harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

    Qozogʻiston Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib, vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik soʻraladi.

    Aniqlanishicha, avtohalokatlarning asosiy qismi, nosoz avtomobil yoki tajribaga ega boʻlmagan haydovchilar tufayli sodir boʻlmoqda.

    Shu munosabat bilan, ushbu davlatda boʻlib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan yoʻllarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanishingiz tavsiya etiladi, — deyiladi xabarda.