Imkoniyati cheklangan bola joriy yil 5-avgust kuni hokimning sayyor qabulida qatnashib, davolanishi uchun yordam so'rab murojaat etgandi. Kuni kecha hokim o'z xizmat mashinasida mazkur mahallaning 4-o'tish yo'li, O'zbekiston ko'chasi, 15-uyga borib, oilaviy sharoitini yaqindan o'rgandi. Qodirxon bilan samimiy muloqot qurdi.
Shahar rahbari boshchiligidagi mas'ullar Qodirxonga zaruriy iste'mol mahsulotlari, u qiziqadigan shaxmat doskasi, turli kitoblar va kerakli jihozlarni topshirishdi. Qolaversa, salomatligidagi muammosi sababli shifoxonada yotishi, ukol-doriga ko'mak ko'rsatilishi yuzasidan mutasaddilarga tezkor topshiriq yuklandi.
Orifjon JO'RAYEV,
“Yangi O'zbekiston” gazetasi muxbiri