Uyqu sifati nimaga bog'liq?

    Yaponiyaning Vaseda universiteti olimlari insoning uyqu sifati bevosita yotoqxonadagi toza havo aylanishi holati bilan bog'liq ekanligi aniqlashdi.

    Hatto xonada karbonat angidrid gazining (SO) oz miqorda oshishi ham uyqu yaxshi bo'lmasligiga sabab bo'lishi mumkin.

    Science and Technology for the Built Environment (STBE) jurnalida e'lon qilingan tadqiqot natijalariga ko'ra, havodagi karbonat angidrit darajasi belgilangan me'yor (800 rrm) dan oshib ketsa (aniqrog'i 1000 rrm dan ko'paysa) uyqu sifati buziladi. Sodda aytganda uyqu maromida bo'lmaydi.

    Xalqaro tadqiqotchilar guruhi tajribalari shuni ko'rsatadiki, odamlar va atrof-muhit xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiluvchi belgilangan qurilish me'yorlari ham obyektda etarlicha havo almashuvi bo'lishini to'liq ta'minlay olmaydi.

    Tadqiqot guruhi rahbari Midzuxo Aximoto so'zlariga ko'ra, xonada havo aylanishi yomon bo'lishi charchoq, to'yib uxlamaganlik hissini paydo qiladi, psixika, yurak-qon tomir faoliyati xavfining oshishiga sabab bo'ladi. Olimlar turar joylarda havo almashuvi holatiga, shu orqali sog'liqqa muntazam e'tibor qaratish shartligini ta'kidlashadi, deb xabar berdi lenta.ru.

    Mualliflarning aytishicha, yotoqxonada mikroiqlimni doim to'g'ri saqlash xuddi to'g'ri ovqatlanish va jismoniy faollik kabi uzoq umr ko'rishning o'ta muhim omil sanaladi.