Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig'ini bajarib, 2022 yilning birinchi yarim yilligida 160 000 dona avtomobil ishlab chiqardi.

Yangi ishlab chiqarish rekordi sharafiga tantanali tadbir tashkil etildi.

Korxona rahbarlari o'z chiqish so'zlarida yig'ilgan xodimlarni jamoaning erishgan g'alabasi bilan samimiy tabriklashdi.

“UzAuto Motors” AJ bosh direktori Bo Anderson  maqsadga erishishda qo'shgan hissasi uchun barcha xodimlarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.  Shuningdek,  Chevrolet Lacetti va  Cobalt avtomobil modellarini kutish muddatini qisqartirilgani hamda kompaniyaning galdagi katta maqsadi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari ishlab chiqarilishini muvaffaqiyatli yo'lga qo'yish ekanini ma'lum qildi. 

— 160 000 — bu kimlardir uchun shunchaki raqam bo'lishi mumkin. Ammo faqat bizning xodimlarimiz ushbu raqamlar ortida qanday investitsiya, qanday mashaqqat va qanday mehnat borligini bilashadi, — deydi Kompaniya kasaba uyushmasi raisi O'ktam Mirzaev.

O'z ishini yaxshi ko'rsatkichlar bilan qayd etgan xodimlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.