Tashkillashtiruvchi bank-anderrayterlar Citi (AQSH), MUFG (Yaponiya), Natiksis (Fransiya) va Raiffeisen Bank Internationl (Avstriya) kabi xalqaro miqyosda yetakchi banklardan iborat.

“UzAuto Motors” AJ xalqaro obligasiyalarni chiqarish maqsadida “S&P” va “Fitch” xalqaro reyting agentliklaridan “B+” (“Barqaror” kutilma bilan) bahosiga ega boʻldi.

Shuningdek, joriy yilning 22-27-aprel kunlari xalqaro investorlar uchun telekonferensiya (Global Investor Call) oʻtkazish va “yakkama-yakka” (one-on-one) formatida telekonferensiyalar davom etishi rejalashtirilgan hamda mazkur tadbirlarda bir qator davlatlar xalqaro investorlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Xalqaro investorlar qiziqishlari va moliya bozorlarining holatidan kelib chiqib, keyingi kunlarda buyurtmalar kitobi ochilishi va xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkasi belgilanishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Oʻzmilliybank” AJ va “Ipoteka Bank” ATIB tomonidan xalqaro obligatsiyalar chiqarilib, 2,65 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar xorijiy investorlardan jalb qilingan.

Mazkur tranzaksiya Oʻzbekiston Respublikasi korporativ emitentlari orasida chiqarilayotgan birinchi xalqaro obligatsiya hisoblanadi.

Jarayon boʻyicha qoʻshimcha axborot berib boriladi.